ОАО «Ташкентский механический завод»

На русском Ўзбекча

Korxona to’g’risida

v. P. Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi — ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatidir.

Osiyodagi eng yirik aviatsiya sanoati birlashmasi hisoblanadi va quyidagi faoliyat turlari bilan shug’ullanadi:

  • samolyot mahsulotlarini ishlab chiqarish;
  • samolyotlarni sotish va lizingga berish;
  • samolyotlarga sotuvdan keyingi texnik xizmatlarni ko’rsatish;
  • aviatsiya vositasida yuklarni tashish;
  • maishiy ehtiyoj maxsulotlarini ishlab chiqarish;
  • qurilish konstruktsiyalarini ishlab chiqarish;
  • turli tarmoqlar uchun mahsulot ishlab chiqarish (avtomobil, qishloq xo’jaligi va b.)

Asosiy faoliyat turi — samolyotsozlik.

Korxona dunyo bo’yicha dong taratgan keng fyuzelyajli Il-76 samolyotlarining turli modifikatsiyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yagona korxona hisoblanadi va shunday bo’lib qolmoqda. Ekspluatatsiya qilina boshlanganidan beri o’tgan 35 yil davomida Il-76 samolyoti muntazam ravishda takomillashtirib borildi, uning rang-barang modifikatsiyalari yaratildi, ularning har biri o’z vazifasiga ega bo’ldi: radiolokatsiya kuzatuvi samolyoti, yonilg’i quyuvchi, qidiruv-qutqaruv aviatsiya majmui; yong’inga qarshi samolyot; samolyot-gospital; kosmonavtlar uchun mashq samolyoti; mazkur mashinaning boshqa harbiy-transport va fuqarolik xizmatidagi ko’rinishlari. Mana shu turdagi 1000 ga yaqin qanotli mashinalar bugungi kunda yer kurrasining barcha qit’alarida yuk tashish ishlari bajarilishini ta’minlamoqda.

Korxonaning ishlab chiqarish maydonlarida An-124 «Ruslan» samolyotlari uchun qanot va tsentroplan; An-225 «Mriya» samolyotlari uchun tsentroplan; An-70 samolyotlari uchun qanot ishlab chiqarish o’zlashtirilgan va tayyorlangan.

Ulkan ishlab chiqarish-texnika imkoniyatiga ega bo’lgan va rivojlangan maxsus ishlab chiqarish tarmoqlari: tayyorlov, asbosozlik, kimyoviy, metall quyish, mexanik ishlov berish, agregat, yig’ish, parvozda sinash majmualari mavjud korxona turli uchish aparatalarini va boshqva mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish va yo’lga qo’yishga qodir.
Korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatayotgan yengil avtomobillvar uchun g’ildirak disklarini ishlab chiqaruvchi o’zbek-ingliz qo’shma korxonasi YoAJ «Evraziya TAPO-Disk» korxonasining mauassis aktsiyadori hisoblanadi.

Xalqaro aviatsiya bozorining istiqbollarini hisobga olgan holda Bosh ish olib boruvchi — S.v. Ilyushin nomli aviatsiya majmuasi va bizning korxonamiz o’rtasida Il-76 samolyoti asosida mutlaqo yangi samolyot Il-76TF samolyotining transport tashuvchi turi Il-76MF ko’rinishi yaratildi. Modifikatsiya Il-76 samolyotining fyuzelyajini 6,6 m. ga uzaytiriganligida va yangi, ICAO sertifikatsiyasidan o’tkazilgan PS-90A-76 dvigatellari o’rnatilganligida ifodlanadi.

Boshqa bir yo’nalish — Il- 114 samolyotlarining va uning asosida ishlab chiqilgan modifikaktsiyalarning seriyali ishlab chiqarilishidir. Samolyot mintaqaviy aviayo’nalishlarda foydalanish uchun mo’ljallangan, o’z konstrtsuktsiyasining oddiyligi, yuqori darajada ishonchliligi va eksplutatsiya bo’yicha iqtisodiy ko’rsatkichlari, xususan, texnik xizmat ko’rsatish xarajatlarining pastligi bilan ajralib turadi.

Ўзбекча